Pre-Seed · Rasmiy Investor Taqdimoti 2026-2027

To'y va barcha tadbirlarni
1 joyda rejalang va o'tkazing.

TuyBox — To'y, banket va tantanalar uchun barcha xizmatchilarni (san'atkorlar, to'yxonalar, foto-video, dekoratsiya, kortej) bitta yagona platformaga jamlovchi, byudjetni aniq hisoblovchi va tadbirlarni boshidan oxirigacha mukammal o'tkazib beruvchi raqamli ekotizim.

$3.5B+
Yillik Tadbirlar Bozori
850,000+
Yillik To'y & Banketlar
100% Xizmatlar
Barcha Xizmatchilar 1 Joyda
Aqlli Byudjet
Hisoblash & Rejalash Tizimi
Bozor Muammosi

To'y va tadbirlarni tashkil qilishdagi asosiy og'riqlar

Bugungi kunda oila yoki tashkilot tantanali tadbir o'tkazmoqchi bo'lsa, qanday qiyinchiliklarga duch keladi?

Bozor tarqoqligi va tartibsizlik

To'yxona alohida, san'atkor alohida, foto/video, kortej va dekor alohida. Odamlar 10 xil joydan qidirib, har biri bilan alohida kelishishga oylab vaqt yo'qotadi.

Byudjet nazoratsizligi va kutilmagan qarzlar

Tadbir qiluvchi oila 100 mln so'm mo'ljallaydi, ammo tarqoq xizmatlar sabab xarajatlar 150-180 mln ga chiqib ketadi. Byudjetni 1 joyda oldindan hisoblab bo'lmaydi.

Yopiq narxlar va spekulyatsiya

Instagramda "Directga yozing", har kimga har xil narx aytiladi. Ochiq narxlar yo'qligi sababli mijozlar aldanadi yoki qimmat vositachilarga tushadi.

Kafolatsizlik va Double-Booking

Kelishuvlar og'zaki bo'ladi. To'yxonalarda bir kunga 2 ta tadbir yozilib ketishi (double-booking) yoki san'atkorlarning to'y kuni kechikishi kabi xatarlar ko'p.

TuyBox Yechimi

Barcha xizmatchilar 1 joyda — Aniq Byudjet, Reja va O'tkazish

TuyBox to'y va tadbir xarajatlarini 20-30% tejaydi, sarsonlikni yo'qotadi va barcha jarayonlarni bitta joyda boshqaradi.

HOZIR SERVERDA ISHLAYAPTI

1. Yagona Katta Xizmatchilar Bazasi

San'atkorlar (xonandalar, sozandalar), to'yxonalar, boshlovchilar, foto/video studiyalar, dekoratorlar, kortej — barchasi bitta platformada shaffof narxlari bilan.

Tasdiqlangan profillar & Double-booking'siz kalendar
AQLLI KALKULYATOR

2. Byudjetni Hisoblash & Taqsimlash

Mijoz o'z byudjetini kiritadi (masalan, $7,000 yoki 100 mln so'm) — TuyBox avtomatik ravishda to'yxona, san'atkor, bezak va boshqa xizmatlarga eng mos kombinatsiyalarni hisoblab beradi.

Ortiqcha isrof va kutilmagan qarzlar yo'qoladi
TO'LIQ O'TKAZIB BERISH

3. Tadbirlarni Rejalash & O'tkazish

To'ylar va banketlarni boshidan oxirigacha rejalashtirish cheklisti, sanalarni kafolatli band qilish va xizmatlarning o'z vaqtida, sifatli o'tishini nazorat qilish.

End-to-End Tadbir Boshqaruvi
Kengayish Strategiyasi

Hozir to'ydan boshlaymiz, so'ngra barcha tadbirlarni qamraymiz

To'y — har bir oilaning eng katta va eng mas'uliyatli xarajati. Aynan to'y orqali xalqning eng kuchli ishonchini qozonamiz.

To'y qilgan mijoz ertaga yubiley, fotiha, tug'ilgan kun, korporativ banket yoki boshqa tantanasini ham faqat TuyBox orqali o'tkazadi.

Organik Mijoz Oqimi: 1 ta to'yda 300–500 nafar mehmon qatnashadi. Ularning har biri keyingi o'z tadbiriga xizmatchilarni TuyBox'dan tanlaydi!
Qamrab Olinadigan Tadbirlar
To'y + Barcha Marosimlar
Nikoh to'ylari
Fotiha marosimlari
Yubiley va banketlar
Korporativ tadbirlar
Mijozning Hayotiy Qiymati (LTV) 3 barobar oshadi
Bozor Sig'imi

O'zbekistonda to'y va tadbirlar — ulkan kapital bozori

Ko'rsatkichHajmi
Aholi soni / Smartfon foydalanuvchilari37+ Million / 84%+
Yillik nikoh to'ylari soni300,000 – 350,000 ta
Yillik banket, fotiha, yubiley marosimlari500,000+ dan ortiq
Jami yillik tantanali tadbirlar soni850,000+ ta tadbir
O'rtacha bitta tadbir byudjeti$4,000 – $10,000
Umumiy bozor hajmi (TAM)$3.5+ Milliard
TAM $3.5B+ (Barcha Tadbirlar) SAM $600M (Yirik Shaharlar) SOM 3-Yil
$25M+
Biznes Model

Ko'p qirrali va barqaror daromad oqimlari

TuyBox nafaqat buyurtmachilardan, balki xizmatchi hamkorlardan ham muntazam B2B daromad oladi.

B2B

1. Xizmatchilar VIP Obunasi

San'atkorlar, to'yxonalar va ijodkorlar katalogda TOP-o'rin va ko'proq buyurtma olish uchun oylik 300,000 – 1,000,000 so'm obuna to'laydi.

2–4%

2. Bronlash Komissiyasi

Platforma orqali amalga oshirilgan to'liq tasdiqlangan tadbir buyurtmalari va xizmatchilar to'lovidan xizmat haqi.

Paketlar

3. Tayyor Tadbir Paketlari

"Boshidan-oxirigacha tayyor to'y/banket" (Turnkey packages): xizmatchilarni kompleks birlashtirib o'tkazib berishdan marja.

3–5 mln

4. 3D Virtual Zallar

To'yxona va banket zallarini 3D modelga aylantirib berish bo'yicha yuqori marjali bir martalik B2B xizmat (so'm).

Yo'l Xaritasi & Prognoz

6 oylik amaliy reja va 3 yillik moliyaviy o'sish

1-OY

Yadro MVP

To'yxonalar va artistlar bazasi, mobil ilova (APK) va veb-platforma.

2-OY

Baza & Xizmatchilar

50 to'yxona, 150 san'atkor va ijodkorlar bilan hamkorlik.

3-OY

Byudjet Kalkulyatori

Xarajatlarni avtomat hisoblovchi kalkulyatorni to'liq ishga tushirish.

4-OY

Banket & Marosimlar

To'ylardan tashqari barcha marosimlarga buyurtma qabul qilish.

5-OY

Monetizatsiya

VIP obuna, 50 ta pullik hamkor, $5,000+ MRR.

6-OY

Viloyatlar & Masshtab

Samarqand va Vodiyga kirish, 15,000+ oylik faol foydalanuvchi.

$20K 1-yil (MVP & Start)
$150K 2-yil (Toshkent + Viloyatlar)
$650K 3-yil daromad (Respublika)